“Al-Qoida” yetakchisi olamdan o‘tdimi?

“Al-Qoida” yetakchisi olamdan o‘tdimi?

The New Arab nashri “Al-Qoida” etakchisi Ayman az-Zavohiriy bir oy avval Afg‘onistonda olamdan o‘tgani haqida xabar tarqatdi. Asli mirslik az-Zavohiriy 69 yoshida kasallikdan vafot etgani aytilmoqda.

Ushbu ma’lumot “Al-Qoida” tomonidan tasdiqlangani yo‘q, biroq guruh odatda o‘z yetakchilarining o‘limini oshkor etmaydi. 

“Al-Qoida” etakchisi Usoma bin Lodin 2011 yilda o‘ldirilganidan keyin uning o‘rnini Ayman az-Zavohiriy egallagan. U oxirgi marta 11 sentyabr voqealari munosabati bilan yo‘llagan videomurojaatida ko‘rinish bergan edi. 

Agar Ayman az-Zavohiriyning o‘limi tasdiqlansa, “Al-Qoida”da yetakchi tanlash bilan bog‘liq muammo chiqishi mumkin. Yaqinda guruh rahbarlaridan biri Abdulloh Ahmad Abdulloh 7 avgust kuni isroillik agentlar tomonidan Tehronda otib ketilgani haqida xabar tarqaldi. Sentyabr oyida esa Afg‘oniston – Pokiston chegarasida o‘tkazilgan operasiyada Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamza o‘ldirilgan edi. Ayman az-Zavohiriyning o‘rnini aynan u egallashi kutilayotgandi.   


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!