Aholining elektr energiyasi uchun to‘lagan 143,5 mln so‘mlik pullarini o‘zlashtirganlar ushlandi

Aholining elektr energiyasi uchun to‘lagan 143,5 mln so‘mlik pullarini o‘zlashtirganlar ushlandi

Elektr tarmoqlari korxonasi va ikkita bank xodimlari 2 yilda 143,5 mln so‘mlik mablag‘larni o‘zlashtirgani fosh qilindi.

Jizzax viloyati Forish tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimi X.T., Xalq banki tuman filiali xodimi SH. X. hamda Ipotekabank Jizzax filiali xodimi R.R. o‘zaro til biriktirib amalga oshirgan qing‘ir ish fosh etildi, deya xabar qildi O‘zA.

Mazkur ish Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi Forish tumani bo‘limi tomonidan aniqlandi.

O‘zaro kelishgan elektr tarmoqlari korxonasi va bank xodimlari fuqarolardan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni naqd pul shaklda qabul qilib, abonent raqamlariga o‘tkazmasdan elektron kassa xotirasiga soxta raqamlar kiritishgan. Tergovgacha surishtiruv davomida ular shu yo‘l bilan 2016 2018 yillar davomida jami 143 million 567 ming 800 so‘m miqdoridagi naqd pullarini o‘z ehtiyojlari uchun o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan uch tashkilotning uchala mas’ul xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba: gazeta.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!