Ahmadaliyev WBA chempion unvonini himoya qiladi

Ahmadaliyev WBA chempion unvonini himoya qiladi

Butunjahon boks uyushmasi (WBA) WBA va IBF yengil vazn toifasidagi chempioni Murodjon Ahmadaliyev va WBA Gold unvoni sohibi, 31 yoshli amerikalik Ronni Rios o‘rtasidagi jangni tayinladi.

Bokschilar vakillari jang sanasini 30 kun ichida (6 maygacha) kelishib olishlari kerak. Agar kelishuvga erishilmasa, WBA jangni tashkil qilish huquqi uchun savdo o‘tkazishni belgilashi mumkin.

29 yanvar kuni - Deniel Romanga qarshi jangda o‘zbekistonlik bokschi chempionlik unvonni majburiy himoya qilish kerak edi. Ammo WBA bokschiga birinchi navbatda yaponiyalik bokschi Ryosuke Ivasaga qarshi IBF unvoni majburiy himoyasini amalga oshirish imkoniyatini berdi.

Ahmadaliyev va Ivasa o‘rtasidagi jang 3 aprel kuni Toshkentdagi " Humo Arena "da bo‘lib o‘tdi. U o‘zbek bokschisining g‘alabasi bilan yakunlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!