Agar siz begona ayolga shahvat ko‘zi bilan qarasangiz...

Agar siz begona ayolga shahvat ko‘zi bilan qarasangiz...

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.

 

Agar ko‘z shahvat bilan qarasa, qalb oqibatni ko‘rishdan ko‘r bo‘lib qoladi.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu

*****

Buzg‘unchini faqat buzg‘unchi himoya qiladi. Yiqilganni faqat yiqilgan himoya qiladi. Hurriyatni faqat ozod insonlar himoya qiladi. Har bir odam nimani himoya qilayotganini yaxshi biladi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Bu hayotda biror insonga suyanma. Hatto soyang ham qorong‘u joylarda seni tark etadi-ku!

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Maymunlar mashinani egallab oldi. Lekin ular o‘sha mashinani haydashni eplolmaydilar. Egallab olish degani boshqara olish, yetakchilik qila olish degani emas. Insonlar hayotidagi holatlarni ham bunga misol qilsak bo‘ladi. Egallab, bosib oluvchilar ko‘p, lekin yetakchilik qiladiganlar, boshqara oladiganlar juda kamdir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

G‘arb dori sotish uchun insonlarning kasal bo‘lishlarini istaydi. Taom sotish uchun faqir bo‘lishlarini istaydi. Qurol sotish uchun ularning urushishlarini istaydi. Egalik qilish, mustabidlik davom etishi uchun xalqlarning parchalangan, bo‘lingan holda bo‘lishini istaydi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Bir shaxsga hech qanday shak-shubha qilmay ishonch bildirsang, oxir-oqibat ikki natijadan biriga erishasan:

Yo bir umrlik shaxs (do‘st)ga;

Yoki bir umrlik darsga.

Ibrohim Fiqiy

*****

Qo‘ylar umrini bo‘ridan qo‘rqib o‘tkazadi. Oxirida esa cho‘ponning o‘zi ularni yeydi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Diplom, attestat – sening ta’lim olganingni isbotlaydigan qog‘ozdir, o‘qiganlaringni tushunganingni emas.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Mudir – sen ishga erta kelganingda kech keladigan, kech qolib kelganingda esa erta keladigan kishidir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Agar tuzgan rejangning samarasini 1 yil ko‘rmoqchi bo‘lsang, gurunch ek.

Agar tuzgan rejangning samarasini 10 yil ko‘rmoqchi bo‘lsang, mevali daraxt ek.

Agar tuzgan rejangning mevasidan 100 yil bahramand bo‘lmoqchi bo‘lsang, bolalarga ta’lim ber.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!