Achinarli fakt! O‘zbekistonda bir oyda nechta ayol zo‘rlangan?

Achinarli fakt! O‘zbekistonda bir oyda nechta ayol zo‘rlangan?

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yanvar oyi davomida respublika bo‘ylab zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish Markazlariga (shelterlar) 1712 nafar ayol murojaat qilgan.

Shulardan 303 nafar ayolga tibbiy, 434 psixologik, 377 huquqiy yordam ko‘rsatilgan. 271 nafar ayolning bandligini ta’minlashga ko‘mak berilib, 99 nafariga kredit olib o‘z ishini boshlashiga yordam berilgan, 487 nafar ayolning oilasi yarashtirilgan.

Bugungi kunga qadar respublikada tashkil etilgan shelterlar soni 160 taga yetgan.

O‘zbekistondagi ilk zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish Markazi 2018 yildan boshlab respublikaning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.

Bugungi kungacha markazlar tomonidan yuzlab ayollarga tegishli yordamlar ko‘rsatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!