Abu-Dabida o‘n soniya ichida qulatilgan osmono‘par binolar Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Abu-Dabida o‘n soniya ichida qulatilgan osmono‘par binolar Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Abu-Dabida to‘rtta osmono‘par bino buzib tashlandi va mutasaddilar buning uchun eng samarali usuldan foydalanishdi, deb xabar beradi MIR 24.

Bino o‘n soniya ichida buzib tashlandi. Yaqinda eski bino o‘rnida yangi mikrorayon quriladi. Mahalliy hokimiyat qurayotgan mikrorayon nafaqat mahalliy, balki sayyohlik markaziga aylanishi kutilmoqda. Loyihaga ko‘ra, ko‘p qavatli uylarning o‘rnida savdo markazi paydo bo‘ladi.

Binolarni buzish jarayoni Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi, chunki bu eng baland binoning eng qisqa daqiqalarda portlatilishidir. To‘rtta minoradan iborat kompleksni portlatish uchun 18 ming punktga portlovchi moddalar o‘rnatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!