Abdulla Aripov Samarqandning "rus" qismida bo‘ldi va qurilishni to‘xtatishni buyurdi

Abdulla Aripov Samarqandning "rus" qismida bo‘ldi va qurilishni to‘xtatishni buyurdi

Bosh vazir yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar uchun qat’iy choralar qo‘llanilishini bildirib o‘tgan.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Samarqandning rusiyzabon aholi orasida "russkiy Samarkand" deb ataluvchi qismiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga hokimlik matbuot-xizmati.

"Ha, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bosh vazir shaharning tarixiy qismida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Qurilish ishlari to‘xtatilishiga e’tibor qaratdi", — dedi suhbatdosh.

Shuningdek, bu borada "Kun.uz" nashri ham ma’lumot bergan.

Nashrning yozishicha, Aripov YUNESKO butunjahon merosi ro‘yxatiga kirgan hududda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari shaharning tarixiy binolari qiyofasini buzmasligi kerakligini qayd etgan va yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar uchun qat’iy choralar qo‘llanilishini bildirib o‘tgan.

Manba: sputniknews-uz.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!