ABDUHAKIMOV: O‘zbekistonga tashrif buyurish istagida bo‘lgan sayyohlar soni 2 barobarga oshdi

ABDUHAKIMOV: O‘zbekistonga tashrif buyurish istagida bo‘lgan sayyohlar soni 2 barobarga oshdi
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov turizm sohasidagi asosiy natijalarni ma’lum qildi. Unda qayd etilishicha, keyingi vaqtlarda joriy etilgan qator yengilliklar sabab O‘zbekistonga tashrif buyurish istagida bo‘lgan sayyohlar soni 2 barobarga oshdi. Lisenziya berish tartibini soddalashtirilgani sababli joriy yilning 8 oyi davomida 183 ta yangi turoperatorlar faoliyat boshladi. Qiyoslash uchun keltiradigan bo‘lsak, 2017 yilda ularning soni 123 tani tashkil etar edi. E-visa tizimi joriy etilgandan buyon o‘tgan 55 kun mobaynida 46 davlatning 9,5 mingdan ortiq fuqarosiga O‘zbekistonga kirish uchun elektron vizalar berilgan.
 
 
Sayyohlik tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar ishga tushirildi. Bo‘stonliqdagi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kompleksi, o‘z trening markazi golf-klub va golf akademiyasi ” ga ega bo‘lgan “Golf rezort” majmuasi, Toshkentdagi “Uch shahar” loyihalari shular jumlasidandir.
 
O‘zbekiston respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillarining Germaniya, Fransiya va Misrga amalga oshirgan safarlari davomida mahalliy va xorijiy investorlar ishtirokida qiymati salkam $600 mlnga teng qo‘shimcha investision takliflar ishlab chiqildi.
 
O‘zbekistonning turistik salohiyati Ispaniya, Turkiya, Germaniya, Rossiya va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda namoyish etildi. 40 dan ortiq davlatning OAVlarida O‘zbekiston haqida ma’lumotlar e’lon qilinib, 20 davlatning 50 ga yaqin OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etilgan. Bunda birgina Xitoyning CCTV-7 telekanali tomonidan namoyish etilgan lavhani 150 millionga yaqin kishi ko‘rgan.
 
8 oy mobaynida O‘zbekistonga 3,4 million sayyoh tashrif buyurgan, bu raqam 2017 yilda 1,5 mln. kishini (+226%) tashkil etgan edi. Joriy yil oxiriga qadar yurtimizga keluvchi sayyohlar soni 4, 8 millionga yetishi kutilmoqda. Turistik xizmatlar eksporti esa $666,9 mlnga yetgan bo‘lib, bu raqam 2017 yildagiga ($327,3 mln) qaraganda ikki barobardan ham ko‘proqqa ortgan.
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!