74 yoshli futbolchi tarixdagi eng keksa o‘yinchiga aylandi

74 yoshli futbolchi tarixdagi eng keksa o‘yinchiga aylandi

Misrlik Ezeldin Bahader 74 yoshida o‘zining ikkinchi to‘liq uchrashuvini o‘tkazib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

“Reuters” xabariga ko‘ra, u tarixdagi eng keksa professional futbolchiga aylangan.

Ta’kidlanishicha, rekord o‘rnatilganidan so‘ng Bahader bilan shartnoma bekor qilingan.

"Umid qilamanki, qachondir o‘z yutuqlarimni yanada yaxshilayman, shunda boshqalarning uni mag‘lub etishlari biroz qiyinlashadi", - deydi misrlik.

Ma’lumot o‘rnida, Bahaderdan oldin 73 yoshli isroillik Isaak Xayik eng keksa professional futbolchi hisoblangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!