72 yoshli otaxonning uyidan 2 kiloga yaqin giyohvand vosita aniqlandi

72 yoshli otaxonning uyidan 2 kiloga yaqin giyohvand vosita aniqlandi

DXX va Yakkabog‘ tumani IIB xodimlari hamkorligida 31 oktyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda 72 yoshli U.M. uyida giyohvandlik moddalarini qonunga xilof ravishda saqlab kelgani aniqlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Aniqlanishicha, otaxon keyinchalik sotish maqsadida uyining yerto‘lasida ikki dona 3 litr shisha idishlarga va 4 dona qora rangli polietilen paketlarga joylangan 1832,3 gramm marixuana va ikki dona qog‘oz bo‘laklarga o‘ralgan 26,6 gramm kannabis o‘simligining urug‘larini saqlagan.

72 yoshli otaxonning uyidan 2 kiloga yaqin giyohvand vosita aniqlandi

Foto: IIV Tergov departamenti

Holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan U.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida U.M. jinoyat ishida Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 25,273-moddasi 5-qismi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda unga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!