7 kunda 9870 ta qoidabuzarlik

7 kunda 9870 ta qoidabuzarlik

oshkent shahar IIBB YHXBning Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish to‘g‘risidagi va shahar ko‘chalarida tezlik oshganlik holatlarini qayd etadigan qurilmalar borligi haqidagi ogohlantirishlariga qaramasdan, ba’zi haydovchilar aynan katta tezlikda harakatlanish yo‘l transport hodisalariga olib kelishini unutadilar.


Toshkent shahar IIBB axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, 7 sentyabr kunidan 13 sentyabr kunigacha bo‘lgan muddat ichida mobil (ko‘chma) radarlar tomonidan shahar ko‘chalarida 9870 ta tezlik oshirilganligi faktlari qayd etildi. Masalan, 7 sentyabr kunining o‘zidayoq 523, 12 sentyabr kuni esa 520 marta tezlik oshirilganligi holatlari qayd etildi. 13 sentyabr kuni esa radarlar 690 marta tezlik oshirilganligi faktlarini qayd etdilar.

Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling, tezlikni oshirmang! Yodingizda tuting, nafaqat o‘zingizni, balki yo‘lovchilaringiz va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarining hayoti va sog‘lig‘i sizning avtomobil boshqarish xulqingizga bog‘liq.
 
Manba; uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!