6 yillik kutish: Karim Benzema Fransiya terma jamoasiga chaqirildi

6 yillik kutish: Karim Benzema Fransiya terma jamoasiga chaqirildi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema Fransiya terma jamoasiga qaytishi mumkin.

Le Parisien nashrining xabar qilishicha, 33 yoshli forvard Fransiyaning Yevro—2020 musobaqasi uchun jalb qilingan futbolchilar qaydnomasidan o‘rin oladi.

Benzema 2015 yildan buyon terma jamoada o‘ynamaydi. U 2015 yilda jamoadoshi Matyo Valbuena bilan bo‘lgan mojarolar sabab terma jamoadan chetlatilgandi.

Ma’lumot uchun, 2015 yilda noma’lum shaxslar Valbuenaning ishqiy munosabatlari tasvirlangan videoni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilgani ma’lum bo‘lgandi. Benzema esa jinoyatchilar va Valbuena o‘rtasida vositachi bo‘lgani gumon qilinmoqda. Avvalroq Benzema mazkur ish yuzasidan oktyabr oyida sud oldida javob berishi va aybi isbotlanadigan bo‘lsa, 5-6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Benzema «Real» safida La Liga 2020/21 yilgi mavsumida 33 o‘yin o‘tkazib, 22 gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!