5 metr uzunlikdagi ilon qidirilyapti

5 metr uzunlikdagi ilon qidirilyapti

Polsha poytaxti Varshava atrofida besh metrli piton qidirilyapti. Bu haqda Polshaning Jonivorlarni qo‘riqlash va saqlash xizmati ma’lum qilgan.
 
7 iyul, shanba kuni zoohimoyachilar ulkan ilonning Visla daryosi sohillarida ko‘ringani haqida xabar olishgan. Ular yetib kelib, 5 metr 30 santimetr uzunlikdagi diametri 50 santimetr bo‘lgan ilon terisini topishgan.
 
Veterinarlar ilon po‘sti yangiligini va pitonning qorni och bo‘lishini ta’kidlagan. Ilon bir necha kundan beri qidirilyapti. Zoohimoyachilar shu vaqtgacha ekstremal vaziyatlarda foydalanishga mo‘ljallanmagan avtomobilni cho‘ktirib yuborgan.
 
Ular mahalliy aholini Visla sohilida aylanmaslikka va u yerda chodirlarda uxlamaslikka chaqirgan. Piton eng ko‘p bolalar va xonaki jonivorlarga xavf solishi aytilyapti.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!