40 nafar iste’dodli bolalar «Real Madrid» akademiyasiga yuboriladi

40 nafar iste’dodli bolalar «Real Madrid» akademiyasiga yuboriladi

«Real Madrid» akademiyasi menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablo Toshkent tashrif buyurib, «Bunyodkor» stadionida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasining rasmiy sayti xabar berdi.

Andres Antonio jurnalistlarga javob qaytarar ekan, tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistn futbol assosiasiyasi bilan yaqin hamkorlik qilish, “Qirollik klubi”ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida “Real Madrid”da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish, bir so‘z bilan aytganda, 115 yillik tarixga ega “Real Madrid” akademiyasi dasturlari orqali O‘zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirishga hissa qo‘shish ekanligini ta’kidladi.

Uning aytishicha, bu bo‘yicha birinchi qadam shu yilning iyun oyida Toshkentda tashlanadi. “Real Madrid” akademiyasining tajribali uch nafar murabbiyi Toshkentga safarbar etiladi, ular 30 nafar o‘zbekistonlik bolalar murabbiylari hamrohligida 300 nafar iste’dodli yosh futbolchilarga o‘zlarining uslubiyati bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borishadi. O‘z o‘rnida, saralangan 40 nafar o‘zbekistonlik yosh futbolchilar Ispaniyaga safar uyushtirish, jahonning mashhur futbol akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

“Real”ning rasmiy o‘yinlari tig‘iz ekanligidan kelib chiqib, kelgusida “Real” klubida to‘p surgan sobiq yulduzlarni O‘zbekistonga tashrifini ta’minlash imkoniyati borligini ham gapirib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!