29-30 sentyabr kunlari Mirzo-Ulug‘bek, Yakkasaroy va Sergeli tumanlarida ichimlik suvi o‘chiriladi

29-30 sentyabr kunlari Mirzo-Ulug‘bek, Yakkasaroy va Sergeli tumanlarida ichimlik suvi o‘chiriladi

Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ tomonidan suv tarmoqlarida rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. 

Shu munosabat bilan 29-30  sentyabr kunlari poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida suv bosimi pasayadi, ba’zi joylarda esa ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi.

29 sentyabr soat 09.00 dan soat 21.00 gacha Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim mahallarida iste’molchilarga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi:

— Qorasuv 1-mavzedagi 14, 15, 36, 45, 46-sonli ko‘p qavatli uylarda;
— Qorasuv 3-mavzedagi 13, 14-sonli ko‘p qavatli uylarda;
— Avayxon  1, 2-tor ko‘chalarida.

Suv bosimi pasayadi:

— Korasuv 1-mavzedagi 24–37-sonli ko‘p qavatli uylarda;
— Qorasuv 6-mavzedagi 16, 17, 19a, 19b, 19v, 19, 21, 22, 23, 24, 26-sonli ko‘p qavatli uylarda;
— Avayxon ko‘chasidagi 1-15-sonli ko‘p qavatli uylarda;
— Gyote ko‘chasidagi 54-sonli ko‘p qavatli uyda.

29 sentyabr soat 09.00 dan 30 sentyabr soat 13.00 gacha
Suv bo‘lmaydi:

Sergeli tumani bo‘yicha:

— I.Karimov nomidagi Aeroportda;
— 243-sonli zavodda;
— Sa’diy ko‘chasida, 
— “Nog‘oyqo‘rg‘on”, “Junariq”, “Choshtepa” mahallalarida; 
— O‘zar ko‘chasidagi  72 ta yangi ko‘p qavatli uylarda.

Yakkasaroy tumani buyicha:

— Boshliq, Qushbegi mavzelarida;
— Bobur ko‘chasidagi 69/1 –69/10-sonli ko‘p qavatli uylarda;
— Bobur ko‘chasidagi 67/1–67/12 ko‘p qavatli uylarda;
— Bobur ko‘chasidagi 81/1– 81/6, 46/1, 46/2, 46/3, 59, 61, 63, 71-sonli  ko‘p qavatli uylarda;
— Abdulla Kahhor ko‘chasida 2g-sonli ko‘p qavatli uyda;
— Kichik Xalqa yo‘lidagi 87v, 87g-sonli ko‘p kavatli uylarda.

Suv bo‘lmagan mahallalarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 256-10-95, (71) 252-55-78, (71) 252-60-08, 1054

“Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ noqulayliklar uchun uzr so‘raydi, deyiladi xabarda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!