28-o‘lim: Toshkentda 59 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

28-o‘lim: Toshkentda 59 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Toshkent shahrida yashovchi G‘.B. 2 iyul kuni o‘ta og‘ir holatda poytaxtimizdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.
 
Unga "yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak  etishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya" tashxisi qo‘yilgan. Bemorda shu kuni koronavirus ham aniqlangan. U doimiy gemodializ muolajasini olib turgan.

Reanimasion muolajalarga qaramasdan, bemor 2 iyul kuni o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!