27 may kuni mamlakatimizda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

27 may kuni mamlakatimizda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-20, kunduzi 26-28 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

26 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida, 27-29 may kunlari respublikamizning ba’zi joylarida shamolning tezligi qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha tezlashishi mumkin.

27-28 mayda respublikamiz bo‘ylab, 29 mayda tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 27-28 may kunlari tog‘oldi va tog‘li tumanlarining ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

27-29 may kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!