24 iyun sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar

24 iyun sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar

1497 yil— Jon Kabot Kanadani (Nyufaundlend) kashf etgan;

1793 yil— Fransiyada birinchi demokratik konstitusiya qabul qilingan, lekin hech qachon kuchga kirmagan. Unda Fransiya respublika deb e’lon qilingan;

1812 yil— Napoleon armiyasi Neman daryosidan o‘tib, Rossiya imperiyasi hududiga bostirib kirgan;

1894 yil — Pyer de Kuberten tashabbusi bilan chaqirilgan Parijdagi kongressda XOQni tuzish va Olimpiada o‘yinlarini har to‘rt yilda bir marta o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan;

1901 yil — Parijda 19 yoshli rassom Pablo Pikassoning birinchi ko‘rgazmasi ochilgan;

1925 yil —Berlinda Reyxstag binosini Germaniyada urushdan keyingi giperinflyasiya paytida mablag‘laridan ayrilgan ko‘plab omonatchilar egallab olishgan;

1934 yil — Ukraina poytaxti Xarkovdan Kiyevga ko‘chirilgan;

1940 yil —birinchi marta siyosiy voqeani yoritish uchun televizion kameralar ishlatilgan: AQShdagi prezidentlik sayloviga o‘z nomzodini ilgari surayotgan respublikachilar undan foydalanishgan;

1941 yil — Sovet Axborot byurosi harbiy harakatlar to‘g‘risida xabarlar berishni boshlagan;

1945 yil—Qizil maydonda g‘alaba paradi bo‘lib o‘tgan. Paradni Sovet Ittifoqi marshali G.K.Jukov olib borgan;

1948 yil —G‘arbiy Berlin Sovet Ittifoqi tomonidan blokada qilina boshlangan;

1951 yil — Rangli televizion tijorat eshittirishlari boshlangan;

1963 yil— Londondagi BBC studiyasida birinchi marta videomagnitafon namoyish etilgan;

1963 yil — Moskvada Butunjahon ayollar kongressi ochilgan;

1973 yil —Leonid Brejnev AQShga rasmiy tashrifi davomida Sovuq urush tugaganligini e’lon qilgan;

1992 yil— Turkiston shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan;

2010 yil —birinchi marta ayol Avstraliyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari va mamlakat bosh vaziri sifatida ayol kishi— Julia Gillard saylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!