22 yoshli o‘zbek Rossiyada to‘satdan vafot etdi

22 yoshli o‘zbek Rossiyada to‘satdan vafot etdi

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019 yil 23 iyun kuni Primorye o‘lkasidagi qurilish ob’ektida baxtsiz hodisa tufayli 1997 yil 23 fevralda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Kunuzoqov Ziyodulla Shuhrat o‘g‘li to‘satdan vafot etdi. Z.Kunuzoqov ushbu hududda 2018 yil iyun oyidan buyon qonuniy ravishda yashab kelgan va kranchi bo‘lib ishlagan. 

TIV konsullik-huquqiy departamenti axborot berishicha, ayni paytda bosh konsulxona O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga olib kelish masalasi bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Z.Kunuzoqovning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primorye o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!