21 sentyabr kuni Mirobod va Yashnobod tumanlarida ichimlik suvi o‘chiriladi

21 sentyabr kuni Mirobod va Yashnobod tumanlarida ichimlik suvi o‘chiriladi

Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ tomonidan suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. 

Shu munosabat bilan 21 sentyabr soat 09.00 dan 22 sentyabr soat 18.00 gacha Mirobod va Yashnobod tumanlaridagi ayrim iste’molchilarga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi:

Mirobod tumani bo‘yicha: 

- Qo‘yliq 1, 2, 3, 4-mavzelarida;
- “Fayzobod” mahallasida;
- “Bilimdon” mahallasida;
- “Parvona” mahallasida;
- Baratxo‘ja mahallasida;
- “Qo‘yliq ota” mahallasida;
- “Oq uy”mahallasida;
- “Baxt” mahallasida;
- “Hayot” va “Daniyel xill” mehmonxonalari.

Yashnobod tumani bo‘yicha: 

- “O‘rtamasjid” mahallasida;
- “Uysozlar” mahallasida;
- “Iqbol” mahallasida;
- “Mumtoz” maxallasida
- Shavkat ko‘chasi va uning tor ko‘chalari;
- Uysozlar ko‘chasida;
- Mumtoz ko‘chasi hamda uning tor va berk ko‘chalari;
- Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy qismida;
- MAN korxonasida;
- 1-sonli Avtokorxonada.

Suv bo‘lmagan mahallalar va ob’ektlarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.
Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 256-10-95, (71) 252-55-78, (71) 252-60-08, 1054.

“Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ noqulayliklar uchun uzr so‘raydi, deyiladi xabarda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!