2020 yilning eng saxiy davlatlari aniqlandi

2020 yilning eng saxiy davlatlari aniqlandi

O‘tgan bir yilda Irlandiya aholi jon boshiga tushgan xayriya miqdori bo‘yicha eng saxiy mamlakatga aylandi. Reyting "Forbes" jurnali tomonidan e’lon qilingan.

Kuchli beshtalikka AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya mamlakatlari kirgan. 

Ro‘yxat mualliflari barcha xayr-ehsonlar ham koronavirusga qarshi kurash uchun sarflanmaganini ta’kidlagan, ya’ni Umumjahon tenglikni targ‘ib qiluvchi tashkilotlarga ham moliyaviy ko‘mak ajratilgan. 

Jurnalistlar AQShning oziq-ovqat jamg‘armasi kampaniyasining muvaffaqiyatli natijalarini ta’kidlagan. Tashkilot vakillari yordamga muhtojlar uchun 44 million dollardan ko‘proq mablag‘ to‘plagan. 

Shuningdek, koronavirus pandemiyasi bilan kurashish uchun mablag‘ ajratgan eng saxiy homiy Twitter asoschisi Jek Dorsi bo‘lgan. U ushbu maqsad yo‘lida milliard dollar sarflagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!