2020 yilda eng ko‘p muhokama qilingan sport klublari reytingini e’lon qilindi

2020 yilda eng ko‘p muhokama qilingan sport klublari reytingini e’lon qilindi

Twitter ijtimoiy tarmog‘i 2020 yil hisobotlarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, joriy yilda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan sport klublari reytingi ham tuzildi.

Birinchi o‘rinni «Los-Anjeles Leykers» basketbol jamoasi egalladi. «Manchester Yunayted» va «Barselona» futbol klublari kuchli uchlikdan o‘rin oldi.

Kuchli o‘nlikning sakkizta o‘rni futbol klublariga tegishli bo‘ldi.

2020 yilda eng ko‘p muhokama qilingan sport klublari:

1. «Los-Anjeles Leykers», basketbol;

2. «Manchester Yunayted», futbol;

3. «Barselona», futbol;

4. «Los-Anjeles Dodjers», beysbol;

5. «Real» Madrid, futbol;

6. «Liverpul», futbol;

7. «Flamengo», futbol;

8. «Arsenal», futbol;

9. «Chelsi», futbol;

10. PSJ, futbol.

Shuningdek, eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan sport voqealari ham aniqlandi. PSJ va «Bavariya» o‘rtasidagi YECHL finali (0:1) hamda o‘sha musobaqa yarim finali doirasidagi «Barselona» — «Bavariya» (2:8) uchrashuvi ular qatoridan o‘rin oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!