20 avgustdan bozorlar, yirik savdo do‘konlari, sport zallari, fitnes klub va basseynlar ishlay boshlaydi

20 avgustdan bozorlar, yirik savdo do‘konlari, sport zallari, fitnes klub va basseynlar ishlay boshlaydi

20 avgustdan — buyum bozorlari va qurilish mahsulotlari bozorlari, yirik savdo do‘konlari, sport zallari, fitnes klub va basseynlar ishlay boshlaydi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Respublika maxsus komissiyasiga har bir faoliyat turi bo‘yicha qanday sanitariya talablariga amal qilish zarurligini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi.

Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantiniga olish va undan chiqarish tartibini yengillashtirish,

pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitasiya qilish markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!