2 mlrd. so‘mdan ziyod soliq qarzlarini to‘lab berdi

2 mlrd. so‘mdan ziyod soliq qarzlarini to‘lab berdi

Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor korxonadan undiruvchi Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 2 mlrd. 209 mln. 450 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi ijro ish yurituviga kelib tushgan.
Shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor korxona tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonadan 2 mlrd. 209 mln. 450 ming so‘m soliq qarzdorligi undirib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!