16 yoshli qiz selfi tushaman deb qo‘lini sindirib oldi

16 yoshli qiz selfi tushaman deb qo‘lini sindirib oldi

Penzada selfi bilan bog‘liq baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Natijada 16 yoshli qiz tan jarohati oldi.Tergovchilari voqeani tekshirishni boshladilar.

"Penza" davlat teleradiokompaniyasi xabar berishicha, bir guruh yoshlar tashlandiq hududga kirib, u yerda qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli binoda selfiga tushmoqchi bo‘lishgan. Natijada qizlardan biri ikkinchi qavatdan yiqilib tushgan. Uning qo‘li singan va boshidan jarohat olgan.

Hozir jabrlanuvchi kasalxonada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!