144 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga uchib ketdi

144 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga uchib ketdi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarining mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish, vaqtincha ishsiz qolgan yurtdoshlarimizni ular bo‘lib turgan mamlakatlarning pandemiyadan nisbatan kamroq zarar ko‘rgan boshqa soha va hududlariga ishga jalb qilish va karantin cheklovlari sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish bo‘yicha qator amaliy choralar ko‘rilayotgan edi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida rossiyalik ish beruvchilar va mas’ul tashkilotlar bilan kelishgan holda bugun 144 nafar yurtdoshlarimiz Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali uchib ketdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!