14 yoshli qiz 3 yoshli singlisini derazadan uloqtirib yubordi va yong‘indan qutulib qolishdi (+video)

14 yoshli qiz 3 yoshli singlisini derazadan uloqtirib yubordi va yong‘indan qutulib qolishdi (+video)

Podmoskovyaning Mendeleevo  qishlog‘ida 14 yoshli qiz yong‘in boshlanganda singlisini kvartiraning derazasidan tashlab yubordi va shu bilan uni ham, o‘zini ham o‘limdan saqlab qoldi.

Yong‘in Institutskaya ko‘chasida joylashgan turar-joy binosining uchinchi qavatidagi kvartirada 23 noyabr, dushanba kuni sodir bo‘lgan. Yong‘inga elektr simlari sabab bo‘lgan.

Yong‘in vaqtida kvartirada ikkala qiz ham yolg‘iz qolishgan. Uyda qora tutun to‘plana boshladi, ochiq alanga ko‘rinib turardi. Bolalar eshikdan chiqa olmay xonada qulflanib qolishgan.

O‘smirin derazadan uch yoshli singlisiga pastki qavatdagi qo‘shnilarga o‘tishiga yordam berdi va keyin o‘zini tashladi. Uni o‘sha paytda deraza ostida bo‘lgan mahalliy aholi uni ushlab qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!