125 ming falastinlik Ramazon oyining uchinchi juma namozini Al-Aqso masjidida o‘qidi

125 ming falastinlik Ramazon oyining uchinchi juma namozini Al-Aqso masjidida o‘qidi

Isroil keltirib chiqargan qiyinchilik va to‘siqlarga qaramay, 125 mingga yaqin falastinlik Ramazon oyining uchinchi juma namozini Al-Aqso masjidida ado etdi.

O‘n minglab falastinliklar erta tongdan G‘arbiy Sohil va Quddus o‘rtasidagi harbiy nazorat punktlaridan o‘tib, al-Aqso tomon yo‘l oldi.

Ko‘p soatlik yo‘l yurgan falastinliklar piyoda Masjid-ul-Aqsoga yetib kelishdi va shu yerda Ramazon oyining uchinchi juma namozini o‘qishdi.

Isroil polisiyasi ertalabdan buyon hududda bo‘lib, ishg‘ol qilingan Sharqiy Quddusning Al-Aqso masjidi joylashgan Eski shahar atrofidagi yo‘llarni temir to‘siqlar bilan to‘sib qo‘ygan edi.

Al-Aqsa masjidiga kirishdan oldin falastinliklarning shaxsini tekshirgan Isroil polisiyasi, ayniqsa, ma’lum bir yosh toifasi ostida bo‘lgan ko‘plab falastinlikni qaytardi.

Quddus Islomiy Vaqflar Boshqarmasi bergan bayonotda, 125 ming falastinlik Al-Aqsoda juma namozini o‘qidi.

Isroil ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildan sharmandalik devori bilan o‘ralgan Quddusga 50 yoshdan kichik ayollar va 55 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga ruxsat bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!