11,5 tonna kokain: Giyohvand moddalarning tarixdagi eng yirik partiyasi aniqlandi

11,5 tonna kokain: Giyohvand moddalarning tarixdagi eng yirik partiyasi aniqlandi

Belgiya huquq-tartibot idoralari Antverpen portida kokain giyohvand moddasining tarixdagi eng yirik partiyasini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Topilgan kokain miqdori 11,5 tonnani tashkil qiladi. 

Kokain partiyasining umumiy qiymati 450 mln yevroni tashkil qilib,bu biror davlatga xorijdan yetkazilgan giyohvand moddalarning dunyodagi eng yirik partiyasi hisoblanadi. Chakana savdoda ushbu giyohvand moddalar 900 mln yevroga sotilishi mumkin edi. 

Kokain 5 ta yuk konteynerida aniqlangan. Hujjatlarga ko‘ra, konteynerlarda Gayanadan Belgiyaning Zebryugge portiga metallolom tashilgan. 

Tergovchilar aniqlangan partiya dastlab Zebryugge portiga, u yerdan esa Antverpenga yetkazilganini aniqlashgan. Og‘ufurushlar kokainni qo‘shni Niderlandiyada sotmoqchi bo‘lishgan.

Giyohvand moddalarni aniqlash bo‘yicha amaliyot lotin amerikalik og‘ufurushlar to‘dasini bartaraf etish doirasida o‘tkazilgan. Jinoiy to‘da Janubiy Amerikadan Belgiyaga muntazam giyohvand moddalar yetkazishda gumon qilinmoqda. 

Belgiya huquq-tartibot idoralari oxirgi bir necha yil davomida Antverpen porti orqali narkotrafik darajasi oshganini ta’kidlashmoqda. 2016 yildan 2019 yilgacha ushbu portda 3,2 mlrd yevrolik giyohvand moddalar musodara qilingan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!