100 yoshli musulmon Britaniya imperiyasining ordeni bilan taqdirlandi

100 yoshli musulmon Britaniya imperiyasining ordeni bilan taqdirlandi

100 yoshli musulmon koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda qo‘shgan hissasi uchun Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlandi.

Yuz yoshini nishonlagan musulmon o‘z bog‘ida yurish bilan jahon jamoatchiligi e’tiborini tortgan o‘z tengdoshi Tom Murning namunasidan ilhomlandi.

1920 yilning 1 yanvar kuni Bangladeshda tug‘ilgan, musulmon Dabirul Chaudxari 1957 yildan beri Londonda yashaydi. Eng zaif mamlakatlarda, jumladan, Bangladeshda muhtoj bo‘lganlar uchun pul to‘plash uchun jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga qaror qilgan oqsoqol koronavirus epidemiyasi tufayli o‘z-o‘zini izolyasiya qilib, o‘z bog‘ida oldinga va orqaga yura boshladi. Shunday qilib, Chaudxari Ramazon oyida 420 000 funt sterling to‘pladi. Bunda tabarruk otaxon yoshi va yurishdagi yuklamalarga qaramay, ramazon oyida ro‘za tutishni davom ettirdi.

Musulmon kishining ezgu amallari haqida xabar topgach, Qirolicha Yelizaveta uni Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirladi, deb xabar beradi IslamNews nashri.

"Bu sharafga mening sa’y-harakatlarim uchun loyiq topganlaridan faxrlanaman. Yuragimning tub-tubidan hammaga rahmat aytaman", - deya o‘z mukofotini izohladi Dabirul Chaudxari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!