Fuqarolarga ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini berish DXM orqali ham amalga oshiriladi

Fuqarolarga ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini berish DXM orqali ham amalga oshiriladi

🔰 Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

👉 Davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati (87 ta);
👉 2022 yil 1 yanvardan ko‘rsatish muddatlari qisqartiriladigan davlat xizmatlarining ayrim turlari ro‘yxati (59 ta).

2022 yil 1 yanvardan davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlardan quyidagilarni talab qilish bekor qilinadi:

✅ faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni:

● tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini;
● lisenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi bo‘yicha ma’lumotlarni;
● davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
● qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan operasiyalar, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
● kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
● jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan va olingan alimentlar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
● oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini;
● jismoniy shaxs o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlarni;
● jismoniy shaxs umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida ma’lumotlarni;
● fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
● o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
● oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni;

✅ quyidagi hujjatlarni:
● moliyaviy hisobotlar nusxalarini;
● jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni;
● ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni.

🔄 Bunda, ushbu hujjat va ma’lumotlar tegishli mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!