Zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni Internetda tarqatganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi

Zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni Internetda tarqatganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgatirishga ko‘ra, endilikda pornografik mahsulotni hamda zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog‘ida tarqatganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi (ilgari ushbu mahsulotlarni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilangan edi).

Shuningdek, og‘irlashtiruvchi holatlarda tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilindi. 

Endilikda: 

➖ tuhmat jinoyatini sodir etganlik uchun (139-modda, 3-qism) BHMning 500 baravarigacha (111 mln 500 ming so‘m) miqdorida jarimadan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan);

➖ haqorat qilish jinoyatini sodir etganlik uchun (140-modda, 3-qism) BHMning 600 baravarigacha  (133 mln 800 ming so‘m) miqdorda jarimadan 1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilishi belgilandi (ilgari 1 yilgacha  ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan).

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!