Zomindagi qishloqda yong‘in sodir bo‘ldi

Zomindagi qishloqda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 1 avgust kuni soat 10:40 larda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Jizzax viloyati Zomin tumani "Duoba" QFY O‘riklisoy qishlog‘i hududidagi dala maydonida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.

Hozirda yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi hamda 24 nafar shaxsiy tarkib chiqib ketgan.
Dastlabki bo‘linmalar yong‘in joyiga yetib bordi va yong‘inni o‘rab olish ishlari boshlandi.

Hodisa tafsilotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!