Zlatan Ibrahimovich o‘zining ramziy terma jamoasiga nega o‘zini kiritmagani sababini aytdi

Zlatan Ibrahimovich o‘zining ramziy terma jamoasiga nega o‘zini kiritmagani sababini aytdi

Zlatan 12 mart kuni Qirollar ligasi (Kings League) jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati prezidentiga aylangan edi.

Ibrahimovich ushbu turnir uchun mos keladigan ramziy terma jamoaga kirishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni sanadi. Ro‘yxatdan 7 nafar futbolchi joy oldi: Janluijji Buffon, Alessandro Nesta, Tyago Silva, Xavi, Zinedin Zidan, Ronaldinyo va Ronaldo.

Nega o‘zini bu ro‘yxatga kiritmagani haqidagi savolga u: “Men bu jamoaga kirmayman, men sherman va odamlar bilan futbol o‘ynamayman. Murabbiy va prezident bo‘laman, qachonki, kimdir charchab qolsa, uning o‘rniga maydonga tushishim mumkin”, — deb javob berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!