Pashinyan Boku va Anqaraning navbatdagi talabini bajaradimi?

Pashinyan Boku va Anqaraning navbatdagi talabini bajaradimi?

G‘arb Rossiya nazorati ostidagi Metsamor atom elektr stansiyasini yopishni talab qilmoqda.

Bu haqida Hraparak xabar berdi.

5 aprel kuni AQSH, Yevropa Ittifoqi va Armaniston vakillarining Bryusselda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Vashington Armanistonda energiya diversifikasiyasini ta’minlashi va modulli atom elektr stansiyasini qurishi haqida nodavlat kelishuvga erishildi. Bu haqda Armanistonning «Hraparak» gazetasi manbalarga tayanib yozmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya kompaniyasi tomonidan boshqariladigan Metsamor AES yopilishi kerak.

«G‘arb fuqarolik hayotida deyarli qo‘llanilmaydigan modulli atom elektr stansiyasini qurishga chaqirmoqda. Bunday atom elektr stansiyalari harbiy bazalar uchun qurilgan. <...> E’tiborlisi, so‘nggi yillarda Ozarbayjon va Turkiya vaqti-vaqti bilan [Metsamor] atom elektr stansiyasini yopishni talab qilib keladi. Aslida, [Armaniston bosh vaziri Nikol] Pashinyan ularning navbatdagi talabini bajaradi», — deb yozadi nashr.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!