Erdo‘g‘an: G‘azo xalqaro tizimning qonuniyligini yo‘qotganiga yaqqol misol
«Terrorizm, islomofobiya va ksenofobiya, noqonuniy migrasiya, iqlim o‘zgarishi, energiya va oziq-ovqat xavfsizligi, ta’minot zanjiridagi uzilishlar geosiyosiy notinchlikni kuchaytirmoqda», — dedi Turkiya prezidenti SHHT sammitida.
«90 mingga yaqin falastinlik yaralangan va 16 mingdan ortiq begunoh bolalar halok bo‘lgan G‘azo xarobalari mohiyatan qonuniyligini yo‘qotgan xalqaro tizimning vayronalariga aylandi. Biz xalqaro tizimning [umumiy qabul qilingan] qoidalarga asoslangan poydevori silkitilayotgan davrni boshdan kechirmoqdamiz», — dedi Turkiya rahbari.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)