"Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga kimlar kiritiladi?

"Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga kimlar kiritiladi?

Qonunchilikka ko‘ra, "Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga ("Yagona reestr" AT) oilaning 18 yoshga to‘lgan ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiritilishi belgilangan.

📜 "Yagona reestr" ATga kiritish davlat xizmatlari markazi, YAIDXP (my.gov.uz) orqali yoki "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshiriladi.

🚫 Bunda davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi (bepul xizmat ko‘rsatiladi).

☑️ "Yagona reestr" ATga kiritilganlarga ijtimoiy nafaqalar "Xalq banki"ning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan to‘lanilishi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!