Mirziyoyev Pezeshkiyonga maktub yo‘lladi

Mirziyoyev Pezeshkiyonga maktub yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.

"Biz katta salohiyat va imkoniyatga ega bo‘lgan, so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan davlatingiz bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni bundan buyon ham izchil va samarali kengaytirishdan manfaatdormiz", - deyiladi maktubda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!