Britaniya birinchi marta rossiyalik milliarderning mablag‘larini musodara qiladi

Britaniya birinchi marta rossiyalik milliarderning mablag‘larini musodara qiladi

Britaniya jinoyatchilikka qarshi kurash agentligi (NCA) suddan rossiyalik oligarx Petr Avenning 1,4 million dollarini doimiy ravishda hibsga olishni so‘ramoqda. Bu haqda OAV xalqaro tergov jurnalistlari tarmog‘iga (OCCRP) tayanib xabar berdi.

Xabar qilinishicha, NCA 1 may kuni suddan rossiyalik milliarder Petr Avendan 1,1 million funt sterling (1,4 million dollar)ni musodara qilishni so‘ragan.

Milliarderga 2022 yilning 28 fevralida Yevropa Ittifoqi tomonidan sanksiya qo‘yilgan, 15 martda esa u Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan va mablag‘lari muzlatilgan. Mamlakat rasmiylari Avenni Ukrainadagi urushni boshlagan «Rossiya hukumatini qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etgan» deb hisoblashadi.

Boshlangan tergov shuni ko‘rsatdiki, Avenning mablag‘lari uning vakili sifatida ishlagan Stiven Geyter va tadbirkorning rafiqasi Yekaterina Kozina tomonidan saqlangan.

Ikki yillik tergovdan so‘ng agentlik suddan Geyter va Kozina tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar Britaniya sanksiyalarini buzganligi va ularni chetlab o‘tish uchun qilinganini ta’kidlab, suddan pulning katta qismini musodara qilishni so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!