274 kun ichida Isroilning G‘azodagi hujumi qurbonlari soni 38 098 nafarga yetdi

274 kun ichida Isroilning G‘azodagi hujumi qurbonlari soni 38 098 nafarga yetdi

Falastinning G‘azo sektoridagi Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida, 2023 yil 7-oktabrdan beri blokadadagi G‘azo sektorida davom etgan Isroil hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 38 ming 98 nafarga yetdi.

Isroil armiyasi birgina so‘nggi 48 soat ichida G‘azo sektorining turli hududlarida 7 marta qatliom uyushtirib, 87 falastinlikni o‘ldirdi. Bundan tashqari, yana 260 kishi jarohatlangan, deyiladi xabarda.

Shunday qilib, G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, Isroilning G‘azo sektoriga 7 oktabrdan beri davom etgan hujumlari natijasida qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 38 098 nafarga, yaradorlar esa 87 705 nafarga yetdi.

Halok bo‘lganlarning jasadlari hamon vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqarolik mudofaa guruhlari Isroil kuchlari keltirib chiqargan to‘siqlar tufayli ularga yetib bora olmayapti, deya qo‘shimcha qildi departament.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!