«Yuventus» ham jamoa bosh murabbiyini iste’foga chiqardi

«Yuventus» ham jamoa bosh murabbiyini iste’foga chiqardi

«Yuventus» bosh murabbiy Andrea Pirloning iste’foga chiqarilganini e’lon qildi.

Maestroga har kuni ko‘rsatilgan jasorat, fidoyilik va ishtiyoq uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biz chin dildan Andreaga kelajakda omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Yuventus» bayonoti

Avvalroq Pirloning o‘rnini 2014-2019 yillarda «Yuventus»ni boshqargan Massimiliano Allegri egallashi haqida xabar berilgandi.

42 yoshli mutaxassis 2020/21 yilgi mavsum boshida Turin klubini qabul qilib olib, 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagandi. Klub uning qo‘l ostida Italiya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. A Seriyada esa to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Qayd etish o‘rinli, «Yuventus» 2020/21 yilgi mavsumda 2012 yildan beri ilk marta A Seriya g‘olibligini qo‘lga kirita olmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!