Yurtimizda paxta va boshoqli ekinlarning hosili sug‘urta qilinadi

Yurtimizda paxta va boshoqli ekinlarning hosili sug‘urta qilinadi

Hukumat qarori bilan Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.

Nizomga muvofiq, tadbirkorlar ekin maydoni, hosildorlik rejasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda, bo‘lg‘usi ekindan kam hosil olish natijasida ko‘radigan zararini sug‘urtalash uchun sug‘urta tashkilotiga murojaat qiladi.

Banklar tomonidan paxta va boshoqli ekinlarni yetishtiruvchi tadbirkorlarga imtiyozli kredit berilganida mazkur sug‘urta shartnomasi talab qilinadi.

Sug‘urta shartnomasi tuzilganidan so‘ng 30 ish kunida tadbirkorlar sug‘urta mukofotini sug‘urta tashkilotiga o‘tkazishi kerak.

Sug‘urta hodisasi natijasida ekinlar zararlanishi yoki nobud bo‘lishi oqibatida hosilni olish imkoniyati kamaysa tadbirkor 10 ish kunida sug‘urta tashkilotiga xabar beradi.

Tegishli hujjatlar taqdim qilinganidan so‘ng sug‘urta tashkiloti 15 kunda sug‘urta tovoni to‘lash yoki to‘lamaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish haqida qaror chiqarilganda uning sabablari aniq keltirilishi shart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!