YPX xodimi mobil radarni yashirincha o‘rnatib, tuzoq qurishi mumkinmi?

YPX xodimi mobil radarni yashirincha o‘rnatib, tuzoq qurishi mumkinmi?

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi raddiya bilan chiqqani haqida berilgandi.

Ushbu videoda taksi haydovchisi YPX xodimini mobil radar uskunasini yo‘lning o‘rtasiga emas, chetiga joylashtirib, uni mashinasi bilan to‘sib qo‘ygani, qolaversa, ish vaqtida xizmat avtomobilidan emas, shaxsiy mashinasidan foydalanayotganiga nisbatan e’tiroz bildirgan.

Xo‘sh, bunday vaziyatda YPX xodimiga bildirilgan e’tirozlar o‘rinlimi? Mobil radardan foydalanish bo‘yicha o‘rnatilgan tartib aslida qanday?

Qalampir.uz ning yozishicha, bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.12.2018 dagi 975-son Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida gi Qarori bilan belgilab qo‘yilgan.

Xodim shaxsiy avtomobilida bo‘lish huquqiga egami?

Vazirlar Mahkamasining 975-sonli qarori 14-bandida YPX xodimi xizmat vazifalarni ochiq bajarishi kerak deb yozilgan. Biroq, buni ko‘pchilik haydovchilar noto‘g‘ri tushunadilar.

Gap shundaki, YPX xodimlarining vazifalari har xil bo‘ladi. Xizmat vazifasi huquqbuzarlikni ko‘z bilan aniqlab, u haqida bayonnoma tuzish bo‘lgan YPX xodimi va xizmat vazifasi mobil radarning ishini ta’minlash hisoblangan YPX xodimlarini farqlay olish zarur. Ikkinchi holatda, xodim mobil radarni o‘rnatib va sozlab, qo‘riqlash maqsadida uning yaqinida bo‘ladi. Yo‘lda ko‘rinib turishi zarur emas. Shuningdek, mobil radar yonida patrul mashinasi bo‘lishi ham zarur emas.

Mobil radarni avtomobil orqasida o‘rnatish mumkinmi?

O‘z vazifasini bajarayotgan mobil radar o‘z vazifasini bajarayotgan YPX xodimi emas. Shu sababli bu holatda 14-bandni umuman qo‘llab bo‘lmaydi. Joiz bo‘lgan joylashgan yerda radar xohlagan tarzda o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.

Ko‘chma fotoradarlar va mobil komplekslar biriktirilgan YPX xodimining xizmat vazifalariga maxsus uskunalarning xavfsizligini ta’minlaydigan choralar ko‘rish kiradi. Xususan, mobil radarni ob-havo sharoitlaridan, havo oqimi va harakatlanayotgan avtomobillardan himoya qilish zarur, shu sababli uni yo‘ldan ko‘rinadigan to‘siq ortida o‘rnatishadi bu YPX xodimi mas’ul bo‘lgan va narxi yuqori bo‘lgan davlat mulkini urib ketilishining oldini oladi.

Mobil radarning muvofiqlik sertifikatini va joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotni faqatgina mobil radar tomonidan tezlikni oshirganligi qayd etilgan avtomobil haydovchisi talab qilishi mumkin. YPX xodimi boshqalarning qiziquvchanligini qondirishga majbur emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!