Yoshini 12 yilga kamaytirgan hindistonlik futbolchi jazolandi

Yoshini 12 yilga kamaytirgan hindistonlik futbolchi jazolandi

Hindistonning Jamshidpur klubi hujumchisi Gurav Muxi mamlakat futbol federasiyasi tomonidan 6 oyga diskvalifikasiya qilindi.

Futbolchi oktyabr oyidagi o‘yinlardan birida darvozani ishg‘ol qilib, Hindiston Superligasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylangan edi. Biroq, The Telegraph jurnalisti Jayesh Taxu xabariga ko‘ra, Muxi 16 yosh emas, balki 28 yosh ekani ma’lum bo‘ldi. Natijada, u 6 oyga futboldan, bundan tashqari, Hindiston yoshlar terma jamoasidan chetlatildi.

Jamshidpur klubi 2017 yilda tashkil qilingan. Uning safida Avstraliya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari Tim Kehill ham to‘p tepgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!