Yoqutistonda sovuq 60 darajaga yaqinlashdi

Yoqutistonda sovuq 60 darajaga yaqinlashdi

Rossiyaning Yoqutiston respublikasida sovuq 60 darajaga yaqinlashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

15 yanvar kuni Oymakon ulusidagi kuzatuv punktidagi termometrning ko‘rsatkichi minus 56 darajagacha pasaygan. 16 yanvar kuni respublikaning ba’zi hududlarida haroratning minus 55 darajagacha pasayishi kutilmoqda, shimoli-sharqda sovuq minus 59 darajagacha kuchayadi.

Oymakon ulusi eng sovuq hudud sanalib, u yerda 80 yil avval rekord darajadagi sovuq Selsiy shkalasi bo‘yicha -71,2 daraja qayd etilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!