Yaponiyaliklar koronavirusdan himoyalovchi “aqlli” niqob ixtiro qildi

Yaponiyaliklar koronavirusdan himoyalovchi “aqlli” niqob ixtiro qildi

Yaponiyaning “Donut Robotics” – robotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyasi sohibining nutqini boshqa tillarga tarjima qila oluvchi “aqlli” niqob ixtiro qilishdi. Niqob C- “Face mask” deb nomlanadi. Bu haqda "qalampir.uz" xabar berdi.

U insonni nafaqat xavfli koronavirusdan himoyalaydi, balki Bluetooth orqali smartfonga maxsus dastur orqali ulanib, sohibining nutqini to‘qqizta – ingliz, fransuz, indoneziya, ispan, yapon, xitoy, koreys, tayvan va vetnamcha tillarga o‘gira oladi.

Kompaniya so‘nggi yillar davomida aeroportda maxsus tarjimon robotlar ustida ish olib borishayotgan edi. Ammo dunyoda kuzatilayotgan pandemiya sabab olimlar vaziyatga moslashishdi va ta’minot dasturi “aqlli” niqobga moslashtirildi. Ushbu yangicha loyihaga 260 000 dollar sarflanmoqda.

Xabarda keltirilishicha, yangi turdagi niqoblar do‘konlarda sentyabr oyida paydo bo‘ladi. Bir dona niqobning bahosi 40 dollar bo‘ladi.

U avvaliga Yaponiyada, ana undan keyin Xitoy, Yevropa va AQShda ham sotila boshlaydi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!