Yaponiyalik qizaloq barchani soch turmagi bilan hayratga soldi

Yaponiyalik qizaloq barchani soch turmagi bilan hayratga soldi

Nima deb o‘ylaysiz, olti oylik bolakayning Instagram’da 50 ming obunachilari bo‘lishi mumkinmi? Agar uning g‘aroyib sochi bo‘lsa, bu – oddiy. Xuddi yaponiyalik qizaloq Shanko kabi.Shanko 2017 yilning oxirida dunyoga kelgan. Odatda chaqaloqlar boshida juda kam soch bilan yoki umuman sochsiz tug‘ilishadi. Biroq bu holatda bari o‘zgacha bo‘ldi. Shanko qalin sochlar bilan tug‘ildi, biroz vaqt o‘tgach, u soch turmagiga aylandi.Qizaloqning onasi qizi 5 oy vaqtida uning akkauntini yaratdi. Ko‘rib turganingizdek, o‘sha vaqtga kelib, Shankoning sochi ancha ko‘paygan.



Odamlar uni ko‘rib, mittivoyga parik kiydirishgan degan fikrga borishardi. Biroq u tabiiy ko‘rinardi, shunday bo‘lsa-da, shubha bor edi.Kuzatuvchilar shubhasiga barham berish maqsadida, qizaloqning onasi soch turmagini turli rakurslardan, har xil ko‘rinishda suratga oldi. Ana shundan keyin sochlar haqiqiyligi ma’lum bo‘ldi.
Soch turmagi

Siz sochlar haqiqiyligiga ishonasizmi?



Bugungi kunda Benni Garlem va uning qizi Jeksin dunyodagi eng uzun va qalin sochlar egasi sifatida tan olingan. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!