Yaponiya O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan siyosatini yuqori baholadi

Yaponiya O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan siyosatini yuqori baholadi

Yaponiya tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan siyosiy jarayonni boshlash borasidagi sa’y-harakatlariga, mazkur mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy loyihalarga yuqori baho bergan.

O‘zbekiston  prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiya Muvaqqat ishlar vakili Asushi Suda bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiyaning Afg‘onistondagi tang holatni hal qilishdagi sa’y-harakatlari, ushbu mamlakatda turli loyihalarni birgalikda hayotga tadbiq qilishda hamkorlik qilishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xabarda qayd etilishicha, Yaponiya tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan siyosiy jarayonni boshlash borasidagi sa’y-harakatlariga, mazkur mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy loyihalarga yuqori baho bergan.

Shuningdek, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalarini qayta tiklashda xalqaro hamjamiyat faoliyatini kengaytirishning muhimligi to‘g‘risidagi fikrni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!