Yapon olimi antiqa televizor yaratdi: siz ekranni yalab, unda ko‘rsatilayotgan taomning ta’mini his qilasiz (VIDEO)

Yapon olimi antiqa televizor yaratdi: siz ekranni yalab, unda ko‘rsatilayotgan taomning ta’mini his qilasiz (VIDEO)

Yaponiyalik olim Meydzi Miyasita unda tasvirlangan taomning ta’mini yetkaza oladigan televizor ekrani prototipini yaratdi. Bu haqda 23 dekabr, payshanba kuni Reuters agentligi ma’lum qildi.

Tokiolik professor va uning 30 nafar talabadan iborat jamoasi ixtirosi “Televizorni tatib ko‘ring” deb nomlandi. Xohlovchilar, agar ular ekranda ko‘rsatilgan vaqtda uni yalasa, taomning ta’mini his qilishlari mumkin. Bunda ular o‘zlari yoqtirgan taomlarga buyurtma berishlari mumkin.

Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, televizorga xushbo‘ylashtiruvchi o‘nta kichik idish o‘rnatilgan bo‘lib, ular teleko‘rsatuv syujetiga qarab suyuqlikni bir vaqtning o‘zida kerakli kombinasiyada purkaydi. Yaratilgan lazzat aralashmasi keyin televizor ekranidagi gigiyenik plyonkaga beriladi.

"Bizning vazifamiz odamlarga xuddi uyda qolib, dunyoning narigi tomonidagi restoranda ovqatlanayotgandek tuyg‘uni boshdan kechirishlariga imkon berishdir", deb tushuntirdi Misshita va koronavirus pandemiyasida bu texnologiya ayniqsa qimmatli ekanligini ta’kidladi.

Ixtironing bozorga kirgandan keyin narxi, olimning fikricha, taxminan 875 dollarni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!