Nigeriyada yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi

Nigeriya markazida avtobus halokatida 40 kishi, jumladan 15 bola halok bo‘ldi.

Bu haqda mahalliy hokimiyat organlari ma’lum qildi.

"O‘n besh nafar bola voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan qirq sakkiz nafari turli darajadagi tan jarohatlari oldi... Keyinroq yana o‘n kishi olgan jarohatlari tufayli halok bo‘ldi, keyin yana bir qancha jabrlanuvchilar shifoxonada vafot etdi", deb xabar beradi nashr.

Qayd etilishicha, Kaduna shtatida 63 nafar bolani olib ketayotgan avtobus boshqa transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan. Haydovchi haddan tashqari tezlik va ortiqcha yuk tufayli boshqaruvni yo‘qotdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!